4-kursni oxirida metroga tushsam uzoqdan metro tablosini qiynalib koʻradigan boʻlib qolgandim. Koʻzimni koʻrsatgani borganimda zreniya endi tushib boshlabdi, faqat chap koʻzda -0.5 ekan, oldini olish uchun koʻzoynak taqishim kerakligini aytishgandi. Taqmadim, "очкарик" boʻlib, hammaga kulgi boʻlgim kelmadi. 1-1.5 yildan keyin koʻzim tiniq koʻrmasligi asabimga tegishi sababli yana shifokorga bordim, taqmaganim "yaxshi" natija beribdi ekan: chap -0.75, oʻng esa -0.5 boʻlibdi. Shunda shifokor aka "agar koʻzoynak taqmasdan shunday yuraversang bu narsa avlodningga salbiy taʼsir qilishi mumkin" deganidan soʻng koʻzoynak taqishni boshladim. "Odamlar nima deydi?" degan savolga "borim shu" degan javobim aniq edi. Hayotimizda oʻzimizga kerak boʻlsa ham lekin jamiyat uchun biroz boshqacharoq boʻlgan ishlarni qilishga uyalamiz, bunga sabab jamiyatdan ajralib qolishdan qoʻrqish boʻlsa kerak. Bunday ishlarga kun sovuq boʻlsa ham bosh kiyim kiymay yok...