Oʻzingizga maʼqul kelsa boʻldi!

4-kursni oxirida metroga tushsam uzoqdan metro tablosini qiynalib koʻradigan boʻlib qolgandim. Koʻzimni koʻrsatgani borganimda zreniya endi tushib boshlabdi, faqat chap koʻzda -0.5 ekan, oldini olish uchun koʻzoynak taqishim kerakligini aytishgandi. Taqmadim, "очкарик" boʻlib, hammaga kulgi boʻlgim kelmadi.

1-1.5 yildan keyin koʻzim tiniq koʻrmasligi asabimga tegishi sababli yana shifokorga bordim, taqmaganim "yaxshi" natija beribdi ekan: chap -0.75, oʻng esa -0.5 boʻlibdi. Shunda shifokor aka "agar koʻzoynak taqmasdan shunday yuraversang bu narsa avlodningga salbiy taʼsir qilishi mumkin" deganidan soʻng koʻzoynak taqishni boshladim. "Odamlar nima deydi?" degan savolga "borim shu" degan javobim aniq edi.

Hayotimizda oʻzimizga kerak boʻlsa ham lekin jamiyat uchun biroz boshqacharoq boʻlgan ishlarni qilishga uyalamiz, bunga sabab jamiyatdan ajralib qolishdan qoʻrqish boʻlsa kerak. Bunday ishlarga kun sovuq boʻlsa ham bosh kiyim kiymay yoki yengil kiyinda yuradigan oliftaliklar, sogʻligʻi uchun qilishi kerak boʻlgan,  lekin qilinmayotgan ishlar (koʻzoynak taqish va h.k.) ni keltirish mumkin. 

Ishxonalarda noqulay kiyimlarni majburan kiyintirilishini ham shu joyga qoʻshsak boʻlsa kerak 🧐.


Chet elda yirtiq shimlarni kiyishadi va odamlarni fikriga "tupurib qoʻyib" bu moda deyishadi. Odamlar buni moda deb qabul qiladi va koʻzlarini oʻrgatishadi. Shu joyiga mana bu multfilmni koʻrish tavsiya etiladi 😁.

Aslida ham oʻzimizga qulay va kerakli boʻlgan ishlarni qilishimiz kerak. Kiymingiz biroz gʻijim boʻlsa va siz oʻzingizni hammadan olaversangiz qaytangga hamma sizga eʼtibor qaratadi, borim shu desangiz esa dunyoda eng arzon narsa odamlarni siz haqingizdagi fikri ekanligiga amin boʻlasiz. Kunlar sovishi bilan birinchilardan boʻlib шапка kiyishni boshlayman, chunki menga miyam hali koʻp kerak, olifta boʻlmasam ham boʻlaveradi.

Biror nuqsongiz (aytaylik koʻzoynak taqish) borligi sababli uyalmang! Behayo, bachkana ishlar qilib, uyalmay yurganlar qanchligini koʻrib turibsiz. Sizga in'om etilgan nuqson Allohdan ekanligini anglab, kamchiliklaringizga rozi boʻlsangiz va taqdiringizga koʻrsangiz ham tinchlanasiz ham savobga ega boʻlishingizni unutmang!

Популярные сообщения из этого блога

Kerakli listga tezkor o‘tish!