
Excel jadvalingizda ma’lumotlar bir nechta ustunga tarqalib ketganmi? Ularni qo‘lda nusxalab, bitta ro‘yxatga yig‘ishdan charchadingizmi? Bu muammoni bitta formula yordamida hal qilish mumkin! Ushbu mini-videodarsda 4 ta guruhdagi o‘quvchilar ro‘yxatini birlashtirish orqali ПОСТОЛБЦ funksiyasining imkoniyatlarini o‘rganamiz. Bir nechta ustunni bitta ro‘yxatga aylantirish qanchalik osonligini amalda ko‘rasiz.








