
Ish qidirganda «rezyume yuboring», «CV kerak» yoki «obyektivka to‘ldiring» degan talabga duch kelmaganlar kam. Bu uch hujjat bir-biriga o‘xshab ketadi, lekin maqsadi, hajmi va so‘raladigan joyi butunlay boshqa. Maqolada har birining nimaligini, qaysi tashkilot qaysi birini so‘rashini va qanday to‘g‘ri tuzishni ko‘rasiz. Oxirida uchala hujjatning oddiy PDF namunalari va xatolar ro‘yxati bor. Shuni o‘qib bo‘lgach, qaysi joyga qaysi hujjat kerakligini adashmasdan bilib olasiz.


















