
Windows har kuni ishlatiladigan tizim, lekin undagi ko'p qulayliklar yashirin yoki umuman yo'q. Taskbar'ni o'zgartirish, oynalarni tartibga solish, keraksiz reklama va telemetriyani o'chirish, yuzlab fayl nomini bir bosishda o'zgartirish ham mumkin. Buning uchun uchta bepul dastur bor: PowerToys, Windhawk va Wintoys. Ular bir-biriga o'xshamaydi, har biri o'z vazifasini bajaradi. Bu maqolada ularning eng foydali imkoniyatlari, farqlari va qaysi birini kimga tavsiya qilishimiz haqida gaplashamiz.














