Ushbu darsimizda AutoCAD dasturida hammamiz bilishimiz kerak bo'lgan amallar: dastur ichida harakatlanish, obyektlarni belgilash, ma'lum element haqida tezkor ma'lumot olish kabi jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Darsimizni ikkinchi qismida esa eng elementar va eng ko'p kerak bo'ladigan chiziqlar bilan tanishamiz va ular bilan ishlab ko'ramiz. Chiziqlar doirasida kesma, to'g'ri chiziq, nur, polilaynlar bilan ishlab ko'ramiz.
Darsimizni to'liq, e'tibor bilan ko'ring va Sizga berilgan topshiriqni bajaring. Uyga vazifalarni vaqtida barchamiz bajarishimiz keyingi darslarni tezroq e'lon qilishimizga motivatsiya beradi.
Dars tarkibi:
00:00 Dars haqida ma'lumot & qisqa takrorlash;
00:34 Har bir element haqida dastur tomonidan ma'lumot olish;
01:28 AutoCAD dasturida sichqonchaning ishtiroki (sichqoncha bilan qilinadigan amallar);
03:19 AutoCAD dasturida belgilash turlari;
06:37 Chiziq turlari va ular bilan ishlash: kesma, to'g'ri chiziq, nur, polilayn.