Ichki interfeys bilan tanishuv. Kerakli sozlamalar

Bugungi darsimizda AutoCAD dasturi bilan yaqindan tanishib olamiz. Ichki interfeysini ko'rib chiqish bilan birgalikda kerakli sozlamalarni amalga oshirib chiqamiz. Ushbu sozlamalar sizdagi dasturni qaysi yilgi versiya bo'lishidan qat'iy nazar bir xil hisoblanadi. Biz amalga oshirgan sozlamalar universal holatlar uchun hisoblanadi, alohida soha vakillari o'zlariga qulayroq qilib ham sozlab olishlari mumkin. Ushbu kursimiz davomida faqat 2D holatda ishlashni reja qilganimiz uchun sozlamalarni ham shunga mos holatga keltirdik.